Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Klopp: «Chempionlikni Dalglish va Jerrardga bag‘ishlaymiz. Ular buni 30 yil kutishdi»

Klopp: «Chempionlikni Dalglish va Jerrardga bag‘ishlaymiz. Ular buni 30 yil kutishdi»

Автор: admin

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp «Chelsi» — «Manchester Siti» (2:1) uchrashuvidan keyin chempionlik hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Aql bovar qilmas natija! Bu chempionlik o‘ylaganimizdan ham kattaroq ahamiyatga ega. G‘oliblikni klub afsonalari Kenni Dalglish va Jerrardga bag‘ishlaymiz. Ular buni 30 yil kutishdi. Chempionat davomida bizni ruhan qo‘llab-quvvatlashdi. Jamoamizdagi har bir futbolchi ular bilan faxrlanadi. Ajoyib tarixga ega klubmiz.
«Chelsi» - «Manchester Siti» uchrashuvi 100 daqiqa davomida keskin ruhda o‘tdi. Aslida bu uchrashuvni tomosha qilmoqchi emasdim, biroq buning iloji bo‘lmadi. 7 tur oldin chempionlikni rasmiylashtirish futbolchilarimizning ajoyib natijasi, ularga murabbiylik qilayotganim katta baxt. Men bu sovrinni 30 yil kutmaganman, Liverpulga kelganimda 4,5 yil bo‘ldi. Shunga qaramay, bu ulkan muvaffaqiyat. Pandemiya tufayli yuzaga kelgan uch oylik tanaffusdan keyin ham darajamizni saqlab qolganimiz quvonarli bo‘ldi. Bu kecha – muxlislarimizniki. Ularga shu onlarni taqdim eta olganimizdan baxtiyorman. Bu lahzalardan rohatlanishimiz kerak. Vaqti kelib bu g‘oliblikni muxlislarimiz bilan birga nishonlashimizga ishonaman», - deya Kloppning so‘zlarini keltirmoqda BBC.
Ma’lumot uchun, «Liverpul» Angliya chempionati Premer-ligaga aylanganidan buyon ilk marta chempionga aylandi. «Liverpul» hisobida 19 chempionlik sovrini mavjud (1900/01, 1905/06, 1921/22, 1922/23, 1946/47, 1963/64, 1965/66, 1972/73, 1975/76, 1976/77, 1978/79, 1979/80, 1981/82, 1982/83, 1983/84, 1985/86, 1987/88, 1989/90, 2019/20).


112   
Добавить комментарий
Ваше имя: *