Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Frenk Lempard “Liverpul” haqida: “Ularni biz chempion qilmadik”

Frenk Lempard “Liverpul” haqida: “Ularni biz chempion qilmadik”

Автор: admin

Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard “Manchester Siti” ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:1) so‘ng “Liverpul”ni chempionlik bilan tabrikladi.
“Biz “Liverpul”ni tabriklaymiz. “Liverpul” faqat mazkur o‘yinda chempion bo‘lmadi. Jamoa uzoq vaqt davomida barqarorligi, yuqori darajadagi o‘yini va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi bilan allaqachon bunga munosib bo‘lgandi. Bu adolatli va haqli g‘alabadir.
Ularning jamoasida aql bovar qilmaydigan murabbiy boshchiligidagi ajoyib o‘yinchilar bor. Chempionlikni qo‘lga kiritish uchun qancha mehnat qilish kerakligini bilaman, ayniqsa, bu darajadagi raqobat borligida. Biz “Manchester Siti”ning ham qanchalik yaxshi ekanligiga guvoh bo‘ldik.
Yana bir bor ularni tabriklayman, ular bunga loyiqdir”— deydi Lempard.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsi”ning 31-turdagi g‘alabasi tufayli “Liverpul” musobaqa yakunlanishiga 7 tur qolganida chempionlikni tantana qildi.
109   
Добавить комментарий
Ваше имя: *