Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » Artur dam olish kunlari "Yuventus"da tibbiy ko'rikdan o'tadi

Artur dam olish kunlari "Yuventus"da tibbiy ko'rikdan o'tadi

Автор: admin

Braziliyalik futbolchi transfer oldidan tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Turinga uchib ketadi.
"Barselona" o'yinchiga Italiyaga yo'l olishga ruxsat bergan. Qayd etish kerakki, Artur "Selta"ga qarshi o'yin uchun tarkibga kiradi va yakshanba kuni tibbiy ko'rik uchun Turinga uchib ketadi.
Arturning "Yuventus"ga, Miralem Pyanichning "Barselona"ga o'tganligi yaqin soatlarda rasman elon qilinadi. Ammo bunga qaramay, o'yinchilar mavsumni o'zlarining klublarida tugatib qo'yishadi.
Kecha malum bo'lganidek, Artur 3 oydan so'ng "Yuve"ga o'tishga rozi bo'ldi. Italiyaliklar uning uchun 70+5 mln evro, "Barsa" esa Pyanich uchun 60 mln+bonuslar ko'rishida to'laydi.
Eslatib o'tamiz, Artur "Barselona"ga 2018 yilda "Gremio"dan o'tgan edi. Kataloniya klubi futbolchi uchun 30 million evro to'lagan.
135   
Добавить комментарий
Ваше имя: *