Goal24.uz » Ўзбекистон » Superliga. «So‘g‘diyona» «Andijon» bilan o‘yinda ochko yo‘qotdi

Superliga. «So‘g‘diyona» «Andijon» bilan o‘yinda ochko yo‘qotdi

Автор: admin

Jizzaxda o‘tgan Superliga 6-turi doirasidagi «So‘g‘diyona» va «Andijon» o‘rtasidagi bahs yakuniga yetdi.
Uchrashuvning 63-daqiqasida Shohruz Norxonov hisobni ochgan bo‘lsa-da, hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Farhod Bekmurodov gol urib «Andijon»ga durang natijani keltirdi – 1:1.
So‘nggi ikki turdagi g‘alabalardan keyin «So‘g‘diyona» bu safar ochko yo‘qotishiga qaramay, 8 ochko bilan 8-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Andijon» 3 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.
Superliga. 6-tur. 26 iyun
«So‘g‘diyona» – «Andijon» 1:1

Hakamlar: Jasur Muxtorov, Andrey Sapenko, Timar Gaynullin, Nayim Qosimov
Gollar: Shohruz Norxonov 63 – Farhod Bekmurodov 90+2.
«So‘g‘diyona»: 27.Milan Mitrovich, 2.Sardor Qulmatov, 3.Iskandar Shoyqulov, 4.Elyor Orifov (18.Shavkat Mullajonov, 73), 7.Sanjar Rashidov (8.Jamshid Boltaboyev, 59), 10.Shohruz Norxonov (5.Ayubxon No‘monov, 77), 11.Jasur Hasanov, 12.San’at Shixov, 17.Ivan Nagayev (20.Bahodir Nasimov, 59), 80.Elivelto Ribeyro (19.Javohir Qahramonov, 59), 93.Marko Kolakovich.
«Andijon»: 71.Islombek Abdullayev, 4.Farhod Mirahmatov, 7.Jamshid Hasanov, 8.Farhodbek Bekmurodov, 9.Emmanuel Arivchukvu, 14.Mishel Ibe, 17.Abdullo Olimov (33.Doniyor Abdumannonov, 74), 22.Usmonali Ismonaliyev, 23.Temur Usmonov, 77.Jahongir Abdumo‘minov (10.Artyom Litvyakov, 74), 88.Dmitro Zozulya.



186   
Добавить комментарий
Ваше имя: *