Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » «Barselona» «Selta»ga qarshi o‘yin uchun kengaytirilgan tarkibi ma’lum bo‘ldi

«Barselona» «Selta»ga qarshi o‘yin uchun kengaytirilgan tarkibi ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

"Barselona" murabiylar shtabi Ispaniya chempionatining 32-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan "Selta"ga qarshi o‘yin uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.

"Ko‘k-anorranglilar" yarim himoyachilari Serxio Buskets va Frenki de Yong, himoyachi Serxi Roberto qaydnomadan o‘rin olishmadi. Ularning o‘rniga "Barselona B"ning ba’zi a’zolari tarkibga jalb etildi.

Eslatib o‘tamiz, "Selta" - "Barselona" uchrashuvi ertaga — 27 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi.

«Barselona»ning «Selta»ga qarshi o‘yin uchun kengaytirilgan tarkibi:

Darvozabonlar: Mark-Andre ter Shtegen, Neto, Inyaki Penya

Himoyachilar: Nelson Semedu, Jerar Pike, Kleman Langle, Xordi Alba, Xunior Firpo, Samuel Umtiti, Ronald Arauxo, Dani Morer, Xorxe Kuenka

Yarim himoyachilar: Ivan Rakitich, Artur, Arturo Vidal, Riki Puch, Aleks Kolyado, Ramon Rodriges Monchu

Hujumchilar: Luis Suares, Lionel Messi, Antuan Grizmann, Martin Breytueyt, Ansu Fati

179   
Добавить комментарий
Ваше имя: *