Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » A Seriya. «Yuventus»dan yirik g‘alaba, Ronaldudan mavsumdagi 9-penalti

A Seriya. «Yuventus»dan yirik g‘alaba, Ronaldudan mavsumdagi 9-penalti

Автор: admin

Italiya A Seriyasi 29-turiga start bergan bahsda «Yuventus» Turinda «Lechche»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Birinchi bo‘limda darvozalar daxlsizligi saqlangan bo‘lsa-da, 31-daqiqada raqib himoyachisi Luchanoning maydondan chetlatilishi 2-bo‘limda mehmonlarga qimmatga tushdi. 
Tanaffusdan keyin dastlab Dibala hisobni ochgan bo‘lsa, 62-daqiqada Ronaldu mavsumdagi 9-penaltisiga yaqinlashib, 11 metrlik jarima zarbasida adashmadi. 83 va 85-daqiqalarda esa Iguain va de Ligt o‘z gollari bilan peshqadam jamoaning yirik hisobdagi g‘alabasini rasmiylashtirishdi – 4:0.
Shu kuni Ronaldu gol urish bilan birga jamoadoshlarining ikki goliga hammualiflik qildi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Yuve» ochkolari sonini 69taga yetkazib, 2-o‘rindagi «Latsio» bilan farqni 7 ochkoga yetkazdi. «Lechche» esa 25 ochko bilan 18-o‘rinda qoldi.
A Seriya. 29-tur. 26 iyun 
Yuventus – Lechche 4:0
Gollar
: 1:0 – 53 Dibala, 2:0 – 62, penalti Ronaldu, 3:0 – 83 Iguain, 4:0 – 85 de Ligt.
Yuventus – Shchensni, Matyuidi, Bonuchchi, de Ligt, Bentankur (Remzi, 68), Kuadrado, Rabo (Duglas Kosta, 52), Pyanich, Bernardeski (Muratore, 77), Ronaldu, Dibala (Iguain, 77).
Lechche – Gabriel, Donati, Luchoni, Rispoli, Vera (Kalderoni, 78), Taxsidis, Petrichchone (Rossettini, 46), Mankozu (Barak, 72), Shaxov, Falko (El-Babakar, 62), Pas.
Chetlatish: Luchoni (31).


139   
Добавить комментарий
Ваше имя: *