Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » Ronalduning A Seriyada gol urgan klublari soni 20taga yetdi. Krishtianu faqat bitta jamoaga gol ura olmagan

Ronalduning A Seriyada gol urgan klublari soni 20taga yetdi. Krishtianu faqat bitta jamoaga gol ura olmagan

Автор: admin

«Yuventus» forvardi Krishtianu Ronaldu A Seriya doirasidagi «Lechche»ga (4:0) qarshi bahsda ham gol urib, ajoyib natija qayd etdi.
«Lechche» portugaliyalik forvard gol ura olgan Italiyadagi 20-klub bo‘ldi. Shunday qilib, Italiya A Seriyasida Ronaldudan gol o‘tkazmagan faqat bitta klub qoldi – «Kevo». 2018/19 yilgi mavsumda Krishtianu bu jamoaga ham gol urishi mumkin edi, biroq Verona klubi darvozaboni Ronalduning 11 metrlik jarima zarbasini qaytargan. Yakunda «Kevo» B Seriyaga tushgandi. 
Ma’lumot uchun, 35 yoshli Ronaldu ushbu mavsumda «Yuve» safidagi jami 35 o‘yinda 26ta gol va 4ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


115   
Добавить комментарий
Ваше имя: *