Goal24.uz » Жаҳон » Teves xayrlashuv o‘yinida Messi va Ronalduni bir jamoada o‘ynatmoqchi

Teves xayrlashuv o‘yinida Messi va Ronalduni bir jamoada o‘ynatmoqchi

Автор: admin

Argentinaning «Boka Xuniors» klubi hujumchisi Karlos Teves xayrlashuv o‘yinida qaysi futbolchilarni taklif qilmoqchi ekanligini aytdi. 

«Xayrlashuv o‘yinimda mening jamoam safida Buffon, Ugo Ibarra, Rio Ferdinand, Gabriel Xaynse, Patris Evra, Andrea Pirlo, Pol Skoulz, Pol Pogba, Krishtianu Ronaldu, Leo Messi va Ueyn Runi singari futbolchilar bo‘lishini istardim. Bu futbolchilar bilan turli jamoalarda birga to‘p surib, katta yutuqlarga erishganman.
Keyingi faoliyatim haqida? Argentinada faqatgina «Boka» safida to‘p surishni istayman. Shuningdek, Londonning «Vest Hem» klubiga ham qaytgan bo‘lardim. Ochig‘ini aytsam, Yevropada faoliyat yuritgan jamoalarim orasidan aynan «Vest Hem» klubini ko‘proq yoqtiraman», - deydi Karlos Teves Goal nashriga.
Ma’lumot uchun, 36 yoshli tajribali hujumchi Yevropada «Vest Hem», «MYU», «Manchester Siti», «Yuventus» klublarida faoliyat yuritgan. Teves Ronaldu bilan «MYU» safida to‘p surgan bo‘lsa, Messi bilan Argentina milliy jamoasida birga faoliyat yuritgan.


132   
Добавить комментарий
Ваше имя: *