Goal24.uz » Жаҳон » Ronaldinyo professional futbolchilik faoliyatini boshlashi mumkin

Ronaldinyo professional futbolchilik faoliyatini boshlashi mumkin

Автор: admin

Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldinyo yana professional faoliyatini yo‘lga qo‘yishi mumkin.

"Marca" tarqatgan xabarga ko‘ra, Diyego Maradona boshchiligidagi Argentinaning «Ximnasiya Esgrim» klubi 40 yoshli Ronaldinyoga shartnoma taklif qilmoqchi. Hozircha bu borada rasmiy muzokaralar boshlanmadi. Chunki, sobiq futbolchi ayni paytda Paragvaydagi mehmonxonada uy qamog‘ida bo‘lib turibdi. Sentyabr oyida uning sudi bo‘lib o‘tishi kerak.

Ronaldinyo 2018 yilning 16 yanvar oyida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi. Uning so‘nggi klubi Braziliyaning «Fluminense» klubi bo‘lgan edi.
Manba: footballhd.ru

118   
Добавить комментарий
Ваше имя: *