Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » A Seriya. «Latsio» irodali g‘alabaga erishib, «Yuventus» bilan farqni saqlab qoldi

A Seriya. «Latsio» irodali g‘alabaga erishib, «Yuventus» bilan farqni saqlab qoldi

Автор: admin

Italiya A Seriyasi 28-turi doirasida «Latsio» «Fiorentina» ustidan irodali g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvning 25-daqiqasida Riberi mehmonlarni hisobda oldinga chiqargan bo‘lsa, 67-daqiqada Immobile penaltidan, 82-daqiqada esa Luis Alberto o‘z goli bilan Rim klubiga g‘alaba keltirdi.
28-turdan keyin ochkolari sonini 65taga yetkazgan 2-o‘rindagi rimliklar 1-o‘rindagi peshqadam «Yuventus» bilan ochkolar farqini 4tagacha saqlab qoldi.
A Seriya. 28-tur. 
Latsio – Fiorentina 2:1
Gollar
: 0:1 – 25 Riberi, 1:1 – 67, penalti Immobile, 2:1 – 82 Luis Alberto.
Latsio – Strakosha, Bashtush (Radu, 46), Gabarron, Acherbi, Latssari (Marushich, 81), Luis Alberto (Anderson, 90), Parolo, Milinkovich-Savich, Xoni Rodriges (Lukaku, 81), Immobile, Kaysedo (Korrea, 68).
Fiorentina – Drongovski, Lirola, Chekkerini (Venuti, 75), Petsselya, Dalbert (Igor Julio, 46), Kastrovilli, Gezzal, Riberi (Sottil, 84), Badel (Pulgar, 84), Milenkovich, Kutrone (Vlaxovich, 63).
Chetlatish: Vlaxovich (90).


141   
Добавить комментарий
Ваше имя: *