Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Messi Myuller va Di Mariyani ortda qoldirib, Yevropaning eng yaxshi assistentiga aylandi

Messi Myuller va Di Mariyani ortda qoldirib, Yevropaning eng yaxshi assistentiga aylandi

Автор: admin

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi La Liga 32-turi doirasidagi «Selta»ga (2:2) qarshi uchrashuvda ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi.
Argentinalik hujumchi Luis Suaresning ikki goli – 20 va 67-daqiqalarda kiritilgan gollariga hammualliflik qildi.
Opta’ning yozishicha, ushbu uzatmalar Messining joriy mavsumdagi 10 va 11-golli uzatmalari bo‘ldi. Natijada Lionel bu borada Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarida eng yaxshi assistentga aylanib oldi. 
Eng yaxshi assistentlar ro‘yxatida 10ta assist bilan 2-o‘rinda «Bavariya» a’zosi Tomas Myuller o‘rin olgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarda Anxel Di Mariya («PSJ»), Jeydon Sancho («Borussiya») va Vinchenso Grifo («Frayburg») 7tadan uzatma bilan joy olgan.


101   
Добавить комментарий
Ваше имя: *