Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Angliya Kubogi. «Arsenal» qo‘shimcha daqiqalarda gol urib, yarim finalga chiqdi

Angliya Kubogi. «Arsenal» qo‘shimcha daqiqalarda gol urib, yarim finalga chiqdi

Автор: admin

Angliya Kubogi chorak finali doirasida «Sheffild Yunayted» «Arsenal»ni qabul qildi.
O‘yinning birinchi bo‘limida Pepe penaltidan unumli foydalanib hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim oxirida mezbonlar vakili Makgoldrik muvozanatni tenglashtirdi, ammo ikkinchi bo‘lim davomida maydonga tushgan Dani Sebalos o‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda londonliklarga g‘alaba keltirgan gol muallifi bo‘ldi.
Shu tariqa, «Arsenal» o‘z tarixida 30-marta Angliya Kubogi yarim finalida o‘ynaydigan bo‘ldi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha «Manchester Yunayted» bilan tenglashib oldi. Bu borada uchinchi va to‘rtinchi ko‘rsatkichlar «Everton» (26) hamda «Liverpul»ga (24) tegishli hisoblanadi.
Angliya Kubogining amaldagi g‘olibi «Manchester Siti» hisoblanadi, Gvardiola jamoasi o‘tgan mavsum finalida «Uotford»ni yirik hisobda tor-mor etgandi (6:0).
«Arsenal» ushbu turnirda g‘olib bo‘lish bo‘yicha rekordchidir (13 marta). Bu borada ikkinchi ko‘rsatkich «Manchester Yunayted» tomonidan qayd etilgan (12). Keyingi o‘rinlarda 8 martadan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan «Chelsi» va «Tottenhem Hotspur» joylashgan.
27 iyun kuni turnir chorak finali doirasida «MYU» «Norvich»ni mag‘lub etib (2:1) yarim finalga chiqqandi. Bugun yana ikki juftlikda yarim final uchun bahs olib boriladi - «Nyukasl» «Manchester Siti»ni qabul qiladi, «Chelsi» «Lester» mehmoni bo‘ladi.
Yarim final va final o‘yinlari «Uembli» o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. Turnir g‘olibi yevrokuboklarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Angliya Kubogi
1/4 final
Sheffild Yunayted – Arsenal 1:2
(0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 25, penalti Pepe, 1:1 – 87 Makgoldrik, 1:2 – 90 Sebalos.
Sheffild Yunayted – Xenderson, Boldok (Frimen, 62), Robinson, Igan, Stivens, Landstrem (Berge, 35), Norvud, Flek, Bashem (Sharp, 75), Makberni, Makgoldrik.
Arsenal – Martines, Kolashinats, David Luiz (Xolding, 54), Mustafi, Meytlend-Naylz, Chaka, Uillok (Sebalos, 67), Pepe (Papastatopulos, 90), Tirni, Lyakazett (Nketia, 67), Saka.
Ogohlantirishlar: Flek (31), Robinson (75).


154   
Добавить комментарий
Ваше имя: *