Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » La Liga. «Real» Kataloniyada g‘alaba qozonib, birinchi o‘ringa qaytdi

La Liga. «Real» Kataloniyada g‘alaba qozonib, birinchi o‘ringa qaytdi

Автор: admin

Ispaniya La Ligasi 32-turi doirasida Madridning «Real» jamoasi Kataloniyada «Espanol»ga qarshi maydonga tushib, muhim g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvning 45-daqiqasida Benzemaning chiroyli uzatmasidan unumli foydalalangan Kazemiro hisobni ochib, yakunda «Real»ga uch ochko keltiruvchi gol muallifiga aylandi.
Natijada, ochkolari sonini 71taga yetkazgan Zineddin Zidan shogirdlari «Barselona»ning «Selta» bilan o‘yinda ochko yo‘qotganidan (2:2) foydalanib, chempionlik kurashidagi farqni ikkita ochkoga yetkazib qo‘yishdi.
La Liga. 32-tur. 28 iyun
Espanol – Real Madrid 0:1
Gol: 0:1 – 45 Kazemiro.
Espanol – Diyego Lopes, Kabrera, Viktor Gomes, Espinosa, David Lopes (Losano, 84), Embarba (Kaleri, 69), Darder (Melamed, 69), U Ley (Melendo, 57), Roka, Didak Vila (Pedrosa, 46), de Tomas.
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Varan, Marselo, Ramos, Kazemiro, Kroos, Isko (Rodrigo, 64), Valverde, Azar (Vinisius Junior, 63), Benzema.



115   
Добавить комментарий
Ваше имя: *