Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » "Barselona" sobiq ustozi "Valensiya" boshqaruviga kelishi mumkin

"Barselona" sobiq ustozi "Valensiya" boshqaruviga kelishi mumkin

Автор: admin

U La Ligaga qaytishi mumkin.
"Barselona" sobiq bosh murabbiyi Ernesto Valverde La Liganing boshqa bir klubi "Valensiya" boshqaruviga kelishi mumkin", deya xabar bermoqda Onda Cero.
Manbaga ko‘ra, 56 yoshli mutaxassis va uning yordamchisi Jon Aspiazu Valensiyadan o‘y qidirish ishlarini boshlab yuborgan.
So‘nggi to‘rt o‘yinning uchtasida mag‘lub bo‘lgan "Valensiya" turnir jadvalida sakkizinchi pog‘onagacha tushib ketdi. Shu sabab klub rahbariyati bosh murabbiy Alberta Seladesni iste’foga chiqarishi mumkin.
Valverdening yaqin insonlari xabariga ko‘ra, mutaxassis klub bilan aloqaga chiqib, jamoaning vaziyati bo‘yicha qiziqish bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Valverde 2012 yil dekabridan 2013 yil iyunigacha "Valensiya"da faoliyat yuritgan.



92   
Добавить комментарий
Ваше имя: *