Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Zinedin Zidan: “La Ligada hech qachon oldindan nima bo‘lishini ayta olmaysiz”

Zinedin Zidan: “La Ligada hech qachon oldindan nima bo‘lishini ayta olmaysiz”

Автор: admin

“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing 32-turidan o‘rin olgan “Espanyol”ga qarshi bahsdan (1:0) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Futbolchilarimdan juda mamnunman. Ketma-ket uchrashuvlarda g‘alaba qozonish oson emas. Futbolchilarni tabriklashim kerak.
Yetakchi ekanligimizga ahamiyat bermayman. Chempionlik masalasi oxirgi turda hal bo‘ladi. Autsayderga qarshi o‘ynash qanchalik qiyin bo‘lganini ko‘rdingiz-ku. Ushbu ligada hech qachon nima bo‘lishini oldindan ayta olmaysiz”, — deydi Zidan.
Mazkur g‘alabadan so‘ng “Real” ochkolarini 71 taga yetkazib olgan holda musobaqaning yakka peshqadamiga aylandi. Zinedin Zidan boshchiligidagi jamoa “Barselona”dan ikki ochkoga o‘zib ketdi. Musobaqa yakunlanishiga esa 6 tur qolmoqda.
130   
Добавить комментарий
Ваше имя: *