Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Goal.com: «Barselona» mavsum yakunida Setenni iste’foga chiqaradi. Yangi nomzodlar ma’lum

Goal.com: «Barselona» mavsum yakunida Setenni iste’foga chiqaradi. Yangi nomzodlar ma’lum

Автор: admin

«Barselona» klubi ushbu mavsum yakunida bosh murabbiy Kike Seten bilan xayrlashadi, deya xabar bermoqda Goal.com.
Manbaning yozishicha, 61 yoshli ispaniyalik murabbiyning klub futbolchilari bilan munosabati sovuqlasha boshlagan. 
«Jamoa futbolchilari singari klub rahbariyati ham mavsum yakunida Kike Seten bilan xayrlashish to‘g‘ri qaror bo‘lishiga ishonmoqda. «Barsa» La Ligada g‘oliblikni qo‘lga kirita olmasa, Kataloniya klubi mavsum yakunidayoq murabbiy iste’fosini e’lon qilishi mumkin.
Setenning shartnomasi 2,5 yilga tuzilgan bo‘lsa-da, direktorlar kengashining bir necha a’zosi klubdagi vaziyat sababli Kikening lavozimidan ozod etilishini istamoqda. Klubdagi aksariyat rahbarlar bu murabbiyning tayinlanishini xato bo‘lganligini aytmoqda.
 
Futbolchilarning aksariyati Seten va yordamchilarining talablarini tushunmayotgan bo‘lsa, ayrim o‘yinchilar uning ish uslubidan, yana bir qismiga esa Kikening matbuot anjumanlarida faqatgina alohida futbolchilar haqida gapirishi yoqmagan.
Mavsumning qolgan qismida ham jamoaning ishlari yurishmasa, rahbariyat klub bosh murabbiyligiga «Barselona-B» jamoasidan Garsiya Pimentuni yoki Qatardan Xavini taklif etishi kutilmoqda», - deyiladi manbada.
Qayd etilishicha, Kataloniya klubi Chempionlar ligasida g‘olib chiqsa, klub direktorlar kengashi Setenni shartnomasi yakunigacha qoldirmoqchi.
Ma’lumot uchun, Seten «Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde o‘rniga faoliyat boshlagandi. 
Oldinroq, «Selta»ga qarshi ochko yo‘qotilgan o‘yindan (2:2) keyin klub futbolchilari murabbiyning taktikasini tanqid qilganiligi haqida xabarlar tarqalgandi.


135   
Добавить комментарий
Ваше имя: *