Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Benzema: «Barsa» haqida hech narsa demayman, asosiysi bizda hammasi zo‘r!»

Benzema: «Barsa» haqida hech narsa demayman, asosiysi bizda hammasi zo‘r!»

Автор: admin

«Real» hujumchisi Karim Benzema La Liga doirasidagi «Espanol»ga (1:0) qarshi o‘yindan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Golli uzatma? Yaxshi o‘ylangan kombinatsiya edi, asosiysi pasdan keyin gol kiritilgani bo‘ldi. Kazemiro barchasini to‘g‘ri bajardi. O‘sha vaziyatda u mening ortimda ekanligini bilardim.
«Barsa» bilan oradagi farq haqida gapirishni istamasdim. To‘g‘ri, biz bor e’tiborimizni o‘z o‘yinimizga qaratgan bo‘lsak-da, «Barselona» o‘yiniga ham befarq bo‘la olmaymiz. Shunga qaramay, «Barsa» haqida hech narsa demayman, eng asosiysi bizda hammasi zo‘r! Qadamba-qadam chempionlik sari borayapmiz, har bir o‘yin final darajasiga teng», - deydi Benzema.
La Liga 32-turidan keyin «Real» 71 ochko bilan 1-o‘rinda bo‘lsa, «Barselona» ikki ochkoga ortda qolib, 2-o‘rindan joy olgan.


115   
Добавить комментарий
Ваше имя: *