Goal24.uz » Европа жамоалари » "Manchester Siti" Sane uchun "Bavariya"dan zo‘r himoyachini so‘radi

"Manchester Siti" Sane uchun "Bavariya"dan zo‘r himoyachini so‘radi

Автор: admin

Myunxenliklar bunga qarshi.
"Bavariya" himoyachisi David Alaba "Manchester Siti" qiziqishlari doirasiga kirdi.
"Shaharliklar" 28 yoshli avstriyalik futbolchini Leroy Sane transferi ortidan qo‘lga kiritishga urinib ko‘rmoqchi.
Ammo myunxenliklar Alabani qo‘yib yubormoqchi emas. Shu sabab nemis klubi keyingi yil yozida erkin agent maqomini oladigan himoyachi bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Ta’kidlanishicha, "qizillar" avstriyalik futbolchiga 20 million evrodan yuqori bo‘lmagan maoshli 3 yillik kelishuv taklif qilmoqchi. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.
Joriy mavsumda Alaba Bundesligada 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1ta golli uzatma berdi.
118   
Добавить комментарий
Ваше имя: *