Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » “Liverpul” sobiq futbolchisi: Mbappe? Bizda o‘ynashni istamaydigan o‘yinchi o‘zini shifokorga ko‘rsatishi kerak

“Liverpul” sobiq futbolchisi: Mbappe? Bizda o‘ynashni istamaydigan o‘yinchi o‘zini shifokorga ko‘rsatishi kerak

Автор: admin

“Liverpul” sobiq darvozaboni Bryus Grobbelar PSJ hujumchisi Kilian Mbappening Mersisayd klubi safiga o‘tish ehtimoli haqida fikr bildirdi.
“Agar Mbappe “Enfild”ga kelsa, u o‘z qiymatini isbotlashi kerak bo‘ladi. Vaziyat qanday bo‘lishini biz bilmaymiz. Bu Kloppga bog‘liq, u yangi mavsumda o‘zgacharoq futbol namoyish etishi ham mumkin.
“Enfild”ga kim kelishidan qat’i nazar, asosiy tarkibga kirish uchun o‘z o‘yinini yaxshilashi kerak bo‘ladi. Buni Takumi Minamino misolida ham ko‘rishingiz mumkin.
Ayni damda barcha futbolchilar “Liverpul”da o‘ynashni xohlaydi, boisi biz chempionmiz. Bizga kelishni istamaydigan o‘yinchi o‘zini shifokorga ko‘rsatishi kerak”, — deydi Grobbelar.
Koronavirus pandemiyasi tufayli muddatidan oldin yakunlangan Fransiya chempionatining joriy mavsumida Mbappe 20 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. “Liverpul” esa APLda musobaqa yakunlanishiga 7 tur qolganida chempionlikni qo‘lga kiritdi.
124   
Добавить комментарий
Ваше имя: *