Goal24.uz » Европа жамоалари » #FootWeek'ning yangi sonida: Kloppning ko‘z yoshlari, Toshkentdagi «hammom-stadion» va bezori Kantona haqida

#FootWeek'ning yangi sonida: Kloppning ko‘z yoshlari, Toshkentdagi «hammom-stadion» va bezori Kantona haqida

Автор: admin

Jurnalist Bobur Akmalov muallifligidagi #FootWeek loyihasining yangi sonini taqdim etamiz. Ko‘rsatuvning bu galgi soni ham miks ko‘rinishda tayyorlandi.
Bu gal Toshkentdagi «Bunyodkor» stadioniga tashrif buyurdik. Mamlakatdagi bosh arena bo‘lib turgan bu stadionda futbolchilar nega o‘zini noqulay his qilishi haqida mulohazalarni ko‘rsatuv davomida tomosha qilishingiz mumkin.

O‘tgan haftaning eng muhim voqealaridan biri Angliyada «Liverpul»ning chempionlikni qo‘lga kiritishi bo‘ldi. 30 yildan so‘ng nihoyat APLda g‘olib bo‘lgan «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Kloppning ta’sirli so‘zlarini #FootWeek'ning yangi sonida tomosha qilasiz.
«Liverpul» haqida gapirganda «MYU»ni eslamasak, «adolatsizlik bo‘ladi». Shu bois manchesterliklar afsonalaridan birini eslashga qaror qildik. Bejizga emas, albatta. Kino olamida ham anchadan buyon mehnat qilayotgan fransiyalik Erik Kantona ishtirokidagi navbatdagi serial unga kinoda ham katta mashhurlik keltirdi. Ko‘rsatuv davomida shu haqda ham bilib olasiz.
Yangi ko‘rsatuvda La Liga tarixida eng yosh futbolchi, qariganda ham ajoyib formada bo‘lgan Mayk Tayson hamda doimgidek ijtimoiy mavzudagi mulohaza ham o‘rin olgan. Bir so‘z bilan aytganda, #FootWeek'ning yangi sonini tomosha qiling va zavqlaning.


156   
Добавить комментарий
Ваше имя: *