Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » “Barselona” Pyanich transferini e’lon qildi. Uning tovon puli 400 mln yevro qilib belgilandi

“Barselona” Pyanich transferini e’lon qildi. Uning tovon puli 400 mln yevro qilib belgilandi

Автор: admin

“Yuventus” klubi yarim himoyachisi Miralem Pyanich faoliyatini Kataloniyaning “Barselona” klubida davom ettiradi. Bu haqida katalon klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kataloniyaliklar “Yuventus” bilan bosniyalik futbolchi transferi yuzasidan kelishuvga erishgani e’lin qildi. “Barselona” Pyanich uchun 60 million yevro to‘laydi. Bundan tashqari 5 million yevro bonus ham Turin klubiga beriladi.
Miralem “Barselona” bilan 4 yillik bitimga imzo chekadi. Uning yangi shartnomasi tovon puli 400 million yevro qilib belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq kataloniyalik a’zosi Arturning “Yuventus”ga o‘tishi rasman tasdiqlangan edi.
Ma’lumot uchun, Pyanich 2019/20-yilgi mavsum A Seriyaning 24 ta uchrashuvida maydonga tushib, uchta gol urib, to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
117   
Добавить комментарий
Ваше имя: *