Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » «Valensiya» bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi

«Valensiya» bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi

Автор: admin

«Valensiya» klub rasmiy sayti orqali jamoa bosh murabbiyi Albert Seladesning iste’foga chiqarilganligini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, jamoa ko‘rsatayotgan qoniqarsiz natija murabbiyning iste’fosiga sabab bo‘lgan. Klub rahbariyatining qaroriga ko‘ra, mavsum yakunigacha jamoani bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Voro Gonsales boshqarib boradi.
44 yoshli Selades «Valensiya»da 2019 yilning sentyabr oyidan boshlab faoliyat olib borayotgan edi. 
Ma’lumot uchun, «Valensiya», La Liga 32-turidan keyin 46 ochko jamg‘arib 7-o‘rinda bormoqda.


106   
Добавить комментарий
Ваше имя: *