Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » Pirlo "Yuventus"ga qaytishi mumkin

Pirlo "Yuventus"ga qaytishi mumkin

Автор: admin

"Yuventus" yoshlar jamoasining bosh murabbiyi Fabio Pekkya mavsum oxirida, garchi jamoa S Seriya kubogini qo‘lga kiritganiga qaramay, o‘z lavozimini tark etadi.

Sky Sport Italia xabariga ko‘ra, afsonaviy sobiq futbolchi Andrea Pirloga murabbiylik lavozimi bir necha bor taklif qilingan, ammo u o‘ylab ko‘rish uchun vaqt so‘ragandi. Oxir-oqibat 41 yoshli mutaxassis ushbu taklifga rozi bo‘ldi. Unga Roberto Baronio yordam beradi.

Futbol tarixidagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biri bo‘lgan Pirlo futbolchilik faoliyati davrida "Breshiya", "Inter", "Regina", "Milan", "Yuventus" va "Nyu-York Siti"da o‘ynadi. U 2017 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Manba: eurofootball.ru

99   
Добавить комментарий
Ваше имя: *