Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Seten «Barsa» futbolchilari bilan munosabati yomonlashgani haqidagi gaplarga izoh berdi

Seten «Barsa» futbolchilari bilan munosabati yomonlashgani haqidagi gaplarga izoh berdi

Автор: admin

«Barselona» bosh murabbiyi Kike Seten klubda u va futbolchilar o‘rtasida mojaro kelib chiqqani haqidagi gap-so‘zlarga javob berdi.
«Futbolchilar bilan munosabatlarimiz yaxshi. To‘g‘ri, ma’lum vaziyatlar, qarashlar masalasida fikrimiz bir joydan chiqmasligi mumkin, biroq bu haqda gapirib o‘tirish shart emas. Aslida hayotda bo‘lgani kabi futbolda ham tushumovchiliklar, qarama-qarshiliklar odatiy holdir. Bu har doim bo‘lgan. Xarakter jihatdan o‘zim ham namunali futbolchi emasdim. Shunga qaramay, jamoa bilan fikrimiz bir joydan chiqishiga hammani ishontira olishimiz kerak. Buni oddiy hol sifatida qabul qilaman. Futbolchilar bilan do‘stona munosabatdamiz. Bunday xabarlarga e’tibor bermayman», - deydi «Barselona» bosh murabbiyi Marca muxbiri bilan suhbatda.
Oldinroq, «Selta» (2:2) bilan o‘yindan keyin «Barsa» futbolchilari va Seten o‘rtasida mojaro yuz bergani haqida xabar berilgandi. Futbolchilar murabbiyning taktik qarorlaridan norozi bo‘lishgan, Messi o‘yin davomida Setenning yordamchisi ko‘rsatmasini namoyishkorona rad etgandi. 
Ma’lumot uchun, «Barselona» La Liga 32-turidan keyin 69 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.


133   
Добавить комментарий
Ваше имя: *