Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » “Barselona” bosh murabbiyi Antuan Grizmann haqida: “Maydonga faqat 11 kishi chiqadi”

“Barselona” bosh murabbiyi Antuan Grizmann haqida: “Maydonga faqat 11 kishi chiqadi”

Автор: admin

“Barselona” bosh murabbiyi Kike Setyen hujumchi Antuan Grizmanning jamoadagi o‘rni va kelajagi haqida gapirdi.
“Haqiqat shundan iboratki, asosiy tarkibga faqat 11 nafar futbolchi kirishi mumkin. Mendan doimo nima sababdan Ansu Fati yoki Riki Puch o‘ynamayotgani haqida so‘rashadi.
Ba’zida bir o‘yinchi, ba’zida esa umuman boshqasi o‘ynaydi. Uchrashuvlarda va mashg‘ulotlarda ko‘rgan narsalarimga qarab, kim bizga ko‘proq yordam bera olishini tushungan holda, qaysidir futbolchini tanlayman.
Biroq ularning barchasi muhim va teng imkoniyatlarga ega. To‘g‘ri, alohida mavqega ega bo‘lgan o‘yinchilar bor, ammo barcha maydonga tushishi yoki tushmasligi mumkin, — deydi Setyen.
Ma’lumot uchun, “Barselona” 29 yoshli Grizmanni 2019-yilning yozida 120 million yevro evaziga sotib olgan. Joriy mavsumda u 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 5 ta golga hammualliflik qildi.
123   
Добавить комментарий
Ваше имя: *