Goal24.uz » Европа жамоалари » Rossiya » RPL. «Lokomotiv» 90+6-daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

RPL. «Lokomotiv» 90+6-daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Автор: admin

Rossiya chempionatida 25-tur o‘yinlari boshlandi. O‘z maydonida autsayderlar qatorida borayotgan «Krilya Sovetov»ni qabul qilgan «Lokomotiv» kutilmaganda ochko yo‘qotdi. 14-daqiqada Deyan Radonich samaraliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Moskvaliklar yetakchisi Aleksey Miranchuk 90+6-daqiqada gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Bu durangdan so‘ng «Lokomotiv»ning ochkolari soni 48taga yetdi va «temiryo‘lchilar» va yetakchi «Zenit» o‘rtasidagi ochkolar farq qisqarmay qoldi. Peterburgliklar hisobida bitta o‘yin kamroq va ularning ochkolari soni 56ta. Ertaga uchinchi va to‘rtinchi o‘rindagi «Krasnodar» hamda «Rostov» o‘zaro o‘yinda maydonga tushadi.
RPL. 25-tur
Lokomotiv – Krilya Sovetov 1:1
Gollar: Miranchuk (90+6) – Radonich (14).
Lokomotiv: Gilerme (Kochenkov, 33), Kverkveliya (Jivoglyadov, 69), Chorluka, Idovu, Ignatev, Joau Mariu, Barinov, Krixovyak, Miranchuk, Jemaletdinov (Miranchuk, 57), Eder.
Krilya Sovetov: Frolov, Poluyaxtov, Lissov, Burlak (Xadi, 57), Zeffan (Chicherin, 40), Gatskan, Glushenkov (Terexov, 90), Timofeyev, Popovich (Anton, 46), Kabutov, Radonich (Zinkovskiy, 46).
Ogohlantirishlar: Timofeyev (10), Ignatev (27), Poluyaxtov (33), Kabutov (45), Chorluka (48), Gatskan (52), Xadi (71), Idovu (75), Frolov (82), Eder (87).
Chetlatishlar: Ignatev (50), Xadi (73).
166   
Добавить комментарий
Ваше имя: *