Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » APL. Fernandeshdan dubl, «MYU»dan yirik hisobli g‘alaba

APL. Fernandeshdan dubl, «MYU»dan yirik hisobli g‘alaba

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi 32-turi doirasida «MYU» «Brayton» klubi mehmoni bo‘ldi.
O‘yinda katta ustunlikka erishgan Ole-Gunnar Sulsher jamoasi Fernandeshning dubli va Grinvudning goli evaziga safarda yirik hisobli g‘alabani rasmiylashtirdi.
Ushbu g‘alaba evaziga «MYU» ochkolari sonini 52taga yetkazib, 5-o‘ringa chiqib oldi. 
APL. 32-tur. 30 iyun
Brayton – Manchester Yunayted 0:3 
Gollar: 0:1 – 16 Grinvud, 0:2 – 29 Brunu Fernandesh, 0:3 –50 Brunu Fernandesh.
Brayton - Rayan, Lempti (Trossard, 46), Daffi, Dank (Bernardo, 81), Montoyya, Stivens, Propper (Mope, 46), Mak Allister (Muy, 81), Bissuma, Bern, Konnolli (March, 87).
Manchester Yunayted -  De Xea, Maguayr, Uan-Bissaka, Shou (Uilyams, 64), Lindelef, Matich, Brunu Fernandesh (Pereyra, 64), Pogba (Maktomini, 64), Marsyal (Igalo, 78), Grinvud, Reshford (Jeyms, 78).
128   
Добавить комментарий
Ваше имя: *