Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » «Manchester Siti» ishi bo‘yicha qaror 13 iyul kuni e’lon qilinadi

«Manchester Siti» ishi bo‘yicha qaror 13 iyul kuni e’lon qilinadi

Автор: admin

«Manchester Siti» ishi bo‘yicha Sport arbitraj sudi qarori 13 iyul kuni e’lon qilinadi. Bu haqda Daily Mail xabar tarqatdi.

"Shaharliklar" moliyaviy halol o‘yin qoidasini buzgani uchun UYEFA ularni fevral oyida 2 mavsumga yevrokuboklardan chetlatgan edi. «Manchester Siti» esa mazkur qaror yuzasidan CASga murojaat qildi. May oyida ushbu ish videoaloqa orqali tinglandi.

Dastlab qaror 10 iyul kuni e’lon qilinishi rejalashtirilgan edi. Ammo UYEFA qarorni biroz kechroq e’lon qilishni so‘radi. Chunki, bu voqea Yevropa chempionlar ligasi qur’asiga xalal berishini istamadi.

Agar «Manchester Siti»ning diskvalifikasiyasi o‘z kuchida qolsa, YECHL yo‘llanmasi Angliyada beshinchi o‘rinni egallagan jamoaga beriladi.
Manba: sport24.ru
91   
Добавить комментарий
Ваше имя: *