Goal24.uz » Европа жамоалари » Rossiya » Shomurodovni olqishlang!

Shomurodovni olqishlang!

Автор: admin

Bu ham mahoratdan dalolatRossiya premer-ligasida bosh bilan zarba berish bo‘yicha etakchi futbolchilar nomi ma’lum bo‘ldi.
Eng qizig‘i, bu borada ham to‘purarlar poygasi ishtirokchilari o‘zaro raqobatlashmoqda. “Zenit” hujumchisi Artyom Dzyuba chempionat o‘yinlarida eng ko‘p – 31 marotaba bosh bilan zarba bergan va uch marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.
Uning eng yaqin ta’qibchisi Eldor Shomurodov hisobida esa 27 zarba va uchta gol bor.
Kuchli uchlikdan “Ural” futbolchisi  Erik Bikfalvi  o‘rin oldi. Uning 23 ta zarbasidan so‘ng, raqib darvozabonlari uch marta to‘p o‘tkazib yuborgan.
Bosh bilan gol urish bo‘yicha chempionat rekordi “Arsenal” hujumchisi Evgeni Lutsenkoga tegishli. U joriy mavsumda boshi bilan 8 ta aniq zarba yo‘lladi.
135   
Добавить комментарий
Ваше имя: *