Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Seten «Atletiko» bilan 2:2dan keyin: «Jamoam o‘yinidan qoniqdim»

Seten «Atletiko» bilan 2:2dan keyin: «Jamoam o‘yinidan qoniqdim»

Автор: admin

«Barselona» bosh murabbiyi Kike Seten «Atletiko»ga (2:2) qarshi o‘yindan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Afsuski, muhim ochkolarni qo‘ldan chiqardik. Bizga tobora qiyin bo‘layapti. Ochkolarning yo‘qotilishi sovrin uchun imkoniyatimiz pasayayotganligini bildiradi. Biz to‘xtamay, ishlashda davom etishimiz kerak.
«Atletiko» – yaxshi jamoa. Ular juda yaxshi himoyalanishadi, bo‘sh zona qoldirishmaydi. Ajoyib tarkibga ega ular.
Umuman olganda, jamoam o‘yinidan qoniqdim. O‘yin davomida biz to‘pga yetarlicha egalik qildik. Ammo maydonda intizomga qat’iy amal qilib to‘p suradigan jamoaga qarshi o‘ynash oson emas. Futbolchilarning harakatidan va o‘yindagi rejani qanday bajarganliklaridan qoniqdim. 
Klubdagi mavqeim? Kimdir meni muhokama qilayotganini sezganimcha yo‘q», – deydi Seten.
Ma’lumot uchun, «Barselona» ayni damda 70 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. «Real» hisobida 71 ochko bo‘lib, Madrid klubi tur doirasidagi o‘yinini 2 iyul kuni «Xetafe»ga qarshi o‘tkazadi.
106   
Добавить комментарий
Ваше имя: *