Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Maradona Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Maradona Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Автор: admin

Afsonaviy Diyego Maradona Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

"Infobae" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Ispaniya qirollik futbol federasiyasi (RFEF) prezidenti lavozimiga nomzod — Antonio Torres 59 yoshli mutaxassis bilan bu borada kelishuvga erishgan. U RFEF prezidenti lavozimini egallasa, Maradona bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi va uning oldiga 2022 yilda Qatarda o‘tadigan JCHga chiqish vazifasi qo‘yiladi.

Ma’lumot o‘rnida. 2018 yildan beri Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida Luis Enrike ishlamoqda. Jamoa uning boshqaruvida Yevro-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Maradona esa hozirda Argentinaning «Ximnasiya Esgrima» klubi bosh murabbiyi hisoblanadi. U o‘z klubi bilan shartnomani 2021 yilning dekabr oyiga qadar uzaytirgan.

Ispaniya qirollik futbol federasiyasi prezidenti lavozimi uchun saylov avgust oyi so‘ngida bo‘lib o‘tadi.
Manba: sport24.ru
136   
Добавить комментарий
Ваше имя: *