Goal24.uz » Европа жамоалари » Germaniya » «Bavariya» «PSJ» futbolchisi bilan shartnoma imzolaganligini e’lon qildi

«Bavariya» «PSJ» futbolchisi bilan shartnoma imzolaganligini e’lon qildi

Автор: admin

«Bavariya» klub rasmiy sayti orqali «Pari Sen-Jermen» himoyachisi Tangi Kuassini o‘z safiga qo‘shib olganligini e’lon qildi.

Fransiyalik 18 yoshli futbolchi Myunxen klubiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. Tangi bilan 2024 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolangan.
«Bavariya»ga o‘tganimdan juda xursandman. Bu klub katta va boy tarixga ega sanaladi. Umid qilamanki, bu yerda hali ko‘p o‘yinlar o‘tkazaman. Buning uchun ikki hissa kuch bilan ishlashga tayyorman», - deydi Kuassi.
«PSJ» tarbiyalanuvchisi sanalmish Kuassi 2019 yildan boshlab Parij jamoasi asosiy tarkibiga o‘rnashib olgandi. O‘tgan mavsumda 6ta o‘yinda 2ta golga mualliflik qilgan himoyachi mavsum yakunida Fransiya chempioniga aylangandi.
108   
Добавить комментарий
Ваше имя: *