Goal24.uz » Ўзбекистон » Superliga. “Andijon” o‘z uyida “Bunyodkor”ni mehmon qiladi, “Mash’al” esa Qo‘qonga safar qiladi

Superliga. “Andijon” o‘z uyida “Bunyodkor”ni mehmon qiladi, “Mash’al” esa Qo‘qonga safar qiladi

Автор: admin

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Coca-Cola Supreligasining 7-tur uchrashuvlari 1-iyul, chorshanba kuni start oladi.
1-iyul kuni uchta uchrashuv bo‘lib o‘tadi va ularning barchasi 19:00 da start oladi.
“Lokomotiv” o‘z maydonida “Qizilqum”ni qabul qiladi. Ushbu jamoalar shu vaqtga qadar o‘zaro 30 marta to‘qnash kelgan. Ularning 17 tasida “temiryo‘lchilar”ning qo‘li baland kelgan bo‘sa, 7 tasida navoiyliklar g‘alaba qozongan. Olti o‘yin durang qayd etilgan. Andrey Fyodorov jamoasi ketma-ket uchta o‘yindan buyon mag‘lubiyatga uchramoqda. “Qizilqum” esa 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.
“Bunyodkor” esa “Andijon” mehmoni bo‘ladi. O‘zaro o‘yinlarda “Andijon” biror marta ham g‘alaba qozona olmagan. Jamoalar shu kunga qadar 20 marta o‘zaro o‘yin o‘tkazgan. 15 ta bahsda “Bunyodkor” g‘alaba qozongan va yana 5 uchrashuv durang bilan yakun topgan.
Yana bir o‘yin Qo‘qonda “Qo‘qon-1912” va “Mash’al” jamoalari o‘rtasida kechadi. Jamoalar shu vaqtga qadar 12 marta o‘zaro bahs yuritgan. Ularning 7 tasida muborakliklar ustun kelgan bo‘lsa, ikki o‘yin Qo‘qon shahri jamoasi foydasiga hal bo‘lgan. Uch o‘yinda murosa yo‘li tanlangan.
Turning qolgan uchrashuvlari 2-iyul, payshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Barcha uchrashuvlar MTRK telekanallarida jonli efirga uzatiladi.
Coca-Cola Superliga
7-tur bahslari
1-iyul, chorshanba
19:00 “Lokomotiv” — “Qizilqum”
19:00 “Andijon” — “Bunyodkor”
19:00 “Qo‘qon-1912” — “Mash’al”
2-iyul, payshanba
19:00 “Buxoro” — “Metallurg”
20:00 “Paxtakor” — “Surxon”
20:00 “Navbahor” — “So‘g‘diyona”
20:00 OKMK — “Nasaf”
120   
Добавить комментарий
Ваше имя: *