Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Grizmanning otasi «Barselona» bosh murabbiyiga keskin javob qaytardi

Grizmanning otasi «Barselona» bosh murabbiyiga keskin javob qaytardi

Автор: admin

«Barselona» hujumchisi Antuan Grizmanning otasi Alen bosh murabbiy Kike Seten so‘zlariga keskin munosabat bildirdi.
Seten futbolchining juda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani haqidagi savolga javob berib: «Undan uzr so‘ramayman, ammo o‘zini yomon his qilishini tushunaman. Suaresni doim maydonga tushirish kerak, Leoni ham. Jamoani norozi qilib, Grizmannga joy ajratish osonmas», - degan edi.
«Gapirish uchun sizda yuk mashinasining kaliti bo‘lishi kerak. Siz esa oddiy yo‘lovchisiz», – dedi Grizmanning otasi.
Antuan «Barselona»ning so‘nggi o‘yinlarida maydonda juda kam vaqt o‘tkazmoqda. Fransiyalik futbolchi «Sevilya»ga (0:0) qarshi 14 daqiqa, «Atletik»ga (1:0) qarshi 65 daqiqa, «Selta»ga (2:2) qarshi 10 daqiqa, «Atletiko»ga (2:2) qarshi atigi 2 daqiqa o‘ynadi xolos.
Bu mavsumda Grizmann «Barselona» tarkibida barcha musobaqalarda 32ta o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol urgan va 5ta golga hammualliflik qilgan.
109   
Добавить комментарий
Ваше имя: *