Goal24.uz » Video lavhalar » Ronaldu «Jenoa» darvozasiga gol urgan paytda, to‘p qanday tezlikda uchgandi? (video)

Ronaldu «Jenoa» darvozasiga gol urgan paytda, to‘p qanday tezlikda uchgandi? (video)

Автор: admin

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu A seriyaning 29-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Jenoa»ga qarshi o‘yinda (3:1) olis masofadan zarba berib, gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

"O Jogo" tarqatgan xabarga ko‘ra, portugaliyalik futbolchining zarbasidan keyin to‘p 105 km/soat tezlik bilan harakatlangan. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli zarbalardan biri hisoblanadi.

U Chempionlar ligasining 2009/2010 yilgi mavsumida "Marsel" darvozasiga jarimadan zarbasidan hamda Ispaniya chempionati doirasida 2012 yilning fevral oyida «Levante» darvozasiga urgan gollari paytda to‘pning tezligi maksimal bo‘lgan — 120 km/soat.

Eng yuqori tezlik sifatida Ginnessning rekordlari kitobidan o‘rin olgan zarba ispaniyalik futbolchi Xavyer Galanga tegishli bo‘lib, 2002 yilda uning zarbasidan keyin to‘pning tezligi 129 km/soatga yetgan.

Manba: sport24.ru


122   
Добавить комментарий
Ваше имя: *