Goal24.uz » Ўзбекистон » Superliga. «Lokomotiv» muvaffaqiyatsiz seriyaga barham berdi

Superliga. «Lokomotiv» muvaffaqiyatsiz seriyaga barham berdi

Автор: admin

Superligada 7-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.
«Lokomotiv» o‘z maydonida musobaqa autsayderi «Qizilqum»ni qabul qildi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Natijada «temiryo‘lchilar» qatorasiga 3ta o‘yindan iborat mag‘lubiyatli seriyaga barham berishdi. Mezbonlarning gollariga Avazbek O‘lmasaliyev, Kirill Pogrebnyak va Diyorbek Turopov hammualliflik qilishdi.
Bu natijadan so‘ng, «Lokomotiv» 9 ochko bilan 8-o‘ringa ko‘tarildi, «Qizilqum» esa 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Superliga, 7-tur
1 iyul, Toshkent, TTZ stadioni, muxlislarsiz
«LOKOMOTIV» (Toshkent) - «QIZILQUM» (Navoiy) 3:0
Gollar: 
Avazbek O‘lmasaliyev (69), Kirill Pogrebnyak (87), Diyorbek Turopov (90)
Hakamlar: Ravshan Abduvohidov, Zufar Eliboyev, Farhod Usmonov, Komiljon Rasulov.
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Shahzod Shaymanov, Davron Umirov (Oybek Qilichev 67), Kaxi Maxaradze, Kirill Pogrebnyak, Avaz O‘lmasaliyev, Davron Xoshimov, Shuxrat Muhammadiyev, Sherzod Fayziyev (Javohir Alijonov 79), Diyor Turopov, Farruh Ibrohimov
«Qizilqum»: Artyom Makosin, Ruslan Margiyev, Alisher Sanoyev, Qadamboy Nurmetov, Fayzulla Qambarov, Salim Mustafoyev, Sherali Jo‘rayev (s), Azizbek Usmonov (Muhsinjon Ubaydullayev 34), Makkartni Tevin Navisib, Oleg Tolmasov, Sunnatilla Abdullajonov (Doston Ibragimov 66)
Ogohlantirishlar: Shahzod Shaymanov (35), Farruh Ibrohimov (52)
128   
Добавить комментарий
Ваше имя: *