Goal24.uz » Европа жамоалари » Rossiya » «Rostov» – «Krasnodar» o‘yinida RPL rekordi o‘rnatildi

«Rostov» – «Krasnodar» o‘yinida RPL rekordi o‘rnatildi

Автор: admin

Rossiya chempionati 25-turidan o‘rin olgan «Rostov» hamda «Krasnodar» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda 1:1 hisobi qayd etildi. O‘yin avvalida Markus Berg «Krasnodar»ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 102-daqiqada Ivelin Popov penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi.
Hakam «Krasnodar» darvozasiga penalti berilishi mumkin bo‘lgan ikkita vaziyatni VAR orqali kuzatishga majbur bo‘ldi va bu juda ko‘p vaqtni talab qildi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 6 daqiqa davomida «Rostov» foydasiga penalti belgilangach, VARdagi hakamlar bu vaziyatda ofsayd bo‘lgan-bo‘lmaganini alohida tekshirishdi.
Shuningdek, har ikki jamoa umumiy 9ta zaxira o‘yinchisini maydonga tushirdi. Barcha o‘zgarishlar ikkinchi bo‘limda amalga oshirildi. O‘yinning oxirgi 59-daqiqasidan keyin hakam 9 nafar futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatdi. Oqibatda o‘yin 111 daqiqa-yu 15 soniya davom etdi. RPL telegram kanalida yozilishicha, bu Rossiya chempionatlari tarixida eng uzoq davom etgan o‘yin bo‘ldi.
152   
Добавить комментарий
Ваше имя: *