Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Shirer: «Manchester Yunayted»? Meddison o‘rnida bo‘lganimda «Lester»da qolardim»

Shirer: «Manchester Yunayted»? Meddison o‘rnida bo‘lganimda «Lester»da qolardim»

Автор: admin

Angliya milliy jamoasining sobiq hujumchisi, hozirda telekanalda ekspert sifatida faoliyat olib borayotgan Alan Shirer «Manchester Yunayted»ning «Lester» yarimhimoyachisi Jeyms Meddisonga qiziqayotganligi haqidagi xabarga o‘z fikrini bildirdi. 
«Manchester Yunayted»ning Meddisonni qo‘lga kiritish payida bo‘layotgani tabiiy. Sababi, Jeyms ajoyib futbolchi. «Lester» o‘z futbolchisini qishki transfer oynasida qo‘yib yuborsa, bundan ajablanishim aniq. Chunki, «Lester» uchun mavsum juda muvaffaqiyatli o‘tayotganligi, jamoa yuqori o‘rinlar uchun kurash olib borayotganligini inobatga olsak, klubning mavsumning qizg‘in pallasida yetakchilardan biriga javob berib yuborishini tasavvurimga sig‘dirolmayman.
Shaxsan Meddison o‘rnida bo‘lganimda, hozir «Lester»da qolgan bo‘lardim. «Manchester Yunayted»ning hozirda Premer-ligada kuchli to‘rtlikdan o‘rin olish ilinjidagi harakatlardan ko‘rinayaptiki, ular maqsadga yetishish uchun hali yana kuchayishlari kerak va bu qancha vaqtni olishi noma’lum. Tushunaman, «MYU» katta klub, ammo o‘ylaymanki, Meddison uchun mavsum oxiriga qadar «Lester»da qolish, keyin esa vaziyatni baholab ish tutish – eng to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi», - deya Shirerning so‘zlaridan iqtibos keltiroqda Daily Mail.
Oldinroq, «MYU» Meddison uchun «Lester»ga 52 million funt va o‘z futbolchisi Jessi Lingardni berishga tayyorligi haqida xabar berilgandi.


126   
Добавить комментарий
Ваше имя: *