Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Grizmann «Barselona»ning munosabatidan norozi

Grizmann «Barselona»ning munosabatidan norozi

Автор: admin

«Barselona» hujumchisi Antuan Grizmann atrofidagi vaziyat murakkablashdi.
Le Parisien xabariga ko‘ra, bosh murabbiy Kike Seten futbolchini o‘yin amaliyoti qisqarishi haqida oldindan ogohlantirgan. Ammo Antuan rejaning bu qadar keskin bo‘lishini kutmagan edi. «Atletiko»ga qarshi o‘yinda u 90-daqiqada maydonga tushirildi.
Grizmann bosh murabbiyning matbuotdagi chiqishlarini ham tushunmayapti. 15 iyun kuni Seten «Grizmanning holatini muhokama qilmaymiz. U «Barselona» uchun muhim futbolchi», - dedi. Ammo 29 iyun kuni futbolchining juda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani haqidagi savolga: «Maydonga faqat 11 futbolchi tushiriladi», deb javob berdi.
Grizmanning vakillari «Barselona» klubi tomonidan hurmatsizlik qilinayotganidan achchiqlanishmoqda. Ular 29 yoshli futbolchiga xuddi yosh boladek muomala qilinayotganidan afsuslanishyapti.
Bundan tashqari, Grizmann «Barselona» yetakchisi Lionel Messi bilan til topishib ketolmayapti. Hujumchi argentinalikning to‘p oshirishlaridan keyin 3ta gol urgan. Messi esa uning to‘p oshirishidan keyin atigi 2ta.
Grizmanning vakillari vaziyatning o‘nglanishida Messidan yordam kutishmoqda. Ammo futbolchilar o‘rtasida hech qanday nizo yo‘qligi qayd qilinmoqda.
105   
Добавить комментарий
Ваше имя: *