Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Pyer-Emerik Obameyang Tyerri Anrining rekordini yangiladi

Pyer-Emerik Obameyang Tyerri Anrining rekordini yangiladi

Автор: admin

Londonning “Arsenal” klubi hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang Angliya Premyer Ligasi doirasida o‘tkazilgan “Norvich”ga qarshi bahsda (4:0) o‘z nomiga dublni rasmiylashtirib qo‘ydi.
Shu tariqa 31 yoshli gabonlik hujumchi o‘zining Premyer Ligadagi 50-golini urdi. Mazkur natijani qayd etish uchun Obаmeyangga 79 ta o‘yin kerak bo‘ldi. Opta’ning xabar berishicha, bu “Arsenal”dagi yangi rekordir. Bundan oldingi eng yaxshi natija “to‘pchilar”ning sobiq hujumchisi Tyerri Anriga tegishli bo‘lgan. U 83 ta o‘yinda 50 ta gol urgandi.
Obameyang Premyer Ligada 50 ta gol urish uchun eng kam o‘yin o‘tkazgan futbolchilar orasida 6-pog‘onada bormoqda. Birinchi o‘rinni “Nyukasl” va “Manchester Yunayted” sobiq hujumchisi Endi Koul egallab turibdi — 65 ta o‘yin, 50 ta gol.
“Arsenal” Obameyangni 2018-yili 64 million evaziga “Borussiya Dortmund”dan sotib olgan. U joriy mavsumda APLda 30 ta o‘yin o‘tkazib, 19 ta gol va 3 ta golga mualliflik qilgan.
127   
Добавить комментарий
Ваше имя: *