Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Gvardiola «Manchester Siti»ni qaytadan qurmoqchi

Gvardiola «Manchester Siti»ni qaytadan qurmoqchi

Автор: admin

«Manchester Siti» tarkibi yaqin transfer oynasida jiddiy o‘zgarishi mumkin.
The Guardian xabariga ko‘ra, «shaharliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoani qaytadan qurishga bel bog‘lagan.
Ispaniyalik mutaxassis klubni tark etgan himoyachi Vensan Kompani, «Bavariya»ga o‘tishi kutilayotgan Leroy Sane, klubdagi faoliyatini yakunlayotgan David Silva, shuningdek, 1 yildan so‘ng shartnomasi muddati tugaydigan, yoshi 30dan oshgan yarimhimoyachi Fernandino va hujumchi Serxio Agueroning o‘rnini to‘ldiruvchi futbolchilarni izlamoqda.
Hozircha «Manchester Siti»ning qiziqish doirasiga «Napoli» himoyachisi Kalidu Kulibali va «Bavariya» himoyachisi David Alaba kiritilgan. Avstriyalik futbolchining universal ekani, ya’ni qanotda ham, markazda ham to‘p tepishga qodirligi Gvardiolaga juda yoqyapti.
130   
Добавить комментарий
Ваше имя: *