Goal24.uz » Европа жамоалари » Germaniya » "Roma" hujumchisi nemis klubida yana bir necha oy ushlanib qoladi

"Roma" hujumchisi nemis klubida yana bir necha oy ushlanib qoladi

Автор: admin

U EChLda Vernerning yo‘qligini bilintirmaslikka harakat qiladi Mavsumni “RB Leyptsig” safida ijarada o‘tkazayotgan “Roma” hujumchisi Patrik Shik avgustgacha, ya’ni Chempionlar ligasi yakunlangunicha nemis klubida qoladigan bo‘ldi.
Gap shundaki, “RB Leyptsig” rahbariyati 24 yoshli chexiyalik futbolchining ijara muddatini uzaytirish bo‘yicha rimliklar bilan kelishuvga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, UEFA Chempionlar ligasi koronavirus sabab mart oyida to‘xtatib qo‘yilgan edi. Endi u avgust oyida Lissabonda mini turnir sifatida o‘tkaziladi. "RB Leyptsig" esa o‘zining asosiy hujumchisi Timo Vernerni "Chelsi"ga sotib yubordi.
146   
Добавить комментарий
Ваше имя: *