Goal24.uz » Ўзбекистон » Superliga. «Paxtakor» «Surxon»ni mag‘lub etib, peshqadamlikni davom ettirdi

Superliga. «Paxtakor» «Surxon»ni mag‘lub etib, peshqadamlikni davom ettirdi

Автор: admin

Superliga 7-turi doirasida «Paxtakor» Toshkentda «Surxon» jamoasi ustidan g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvda hisobni penaltidan mehmonlar hujumchisi Kasyan ochgan bo‘lsa-da, mezbonlar 38-daqiqada Hamdamov, 39-daqiqada esa Sobirxo‘jayevning gollari evaziga tanaffusga g‘alaba bilan chiqib ketishdi. Ikkinchi bo‘limda esa Dragan Cheran hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi – 3:1.
Mavsumdagi 7-o‘yinda 6-g‘alabani tantana qilgan amaldagi chempionlar 18 ochko bilan turnir jadvalida yana yaqqol peshqadamga aylanib olishdi. Mavsumdagi 5-mag‘lubiyatni tan olgan «Surxon» esa 4 ochko bilan 12-o‘rinda qoldi.
Superliga. 7-tur. 
2 iyul (payshanba)
«Paxtakor» – «Surxon» - 3:1

Hakamlar: Elyor Tursunov, Husniddin Shodmonov, Aleksandr Burov, Ilya Ilin
Gollar: Dostonbek Hamdamov 38, Sardor Sobirxo‘jayev 39, Dragan Cheran 66 – Aleksandr Kasyan 22 pen.
«Paxtakor»: 25. Eldorbek Suyunov, 3. Hojiakbar Alijonov, 5. Anzur Ismoilov, 9. Jaloliddin Masharipov, 10. Dragan Cheran (Abror Ismoilov, 70), 15. Yegor Krimets, 17. Dostonbek Hamdamov, 20. Odiljon Hamrobekov, 27. Sardor Sobirxo‘jayev, 34. Farrux Sayfiyev (Akromjon Komilov, 83), 77. Eren Derdiyo‘q (Igor Sergeyev, 79).
«Surxon»: 45. Akbar To‘rayev, 2. Abduqahhor Xojiakbarov, 6. Rahmatillo Berdimurodov (66. Behruz Shaydulov, 56), 8. Sherzod Karimov (Sardor Sulaymonov, 72), 10. Shavkat Salomov (20.Husniddin G‘ofurov, 56), 11. Aleksandr Kasyan, 19. Nuriddin Hasanov (Aziz Ibragimov, 78), 21. A’zamjon Aliyev, 32. Jahongir Mehmonov, 44. Darko Stanoyevich, 77. Asror G‘ofurov (Muhammad-ali Abdurahmonov, 79).
185   
Добавить комментарий
Ваше имя: *