Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » «Arsenal» «PSJ» himoyachisiga qiziqmoqda

«Arsenal» «PSJ» himoyachisiga qiziqmoqda

Автор: admin

«Pari Sen-Jermen» himoyachisi Leyvin Kurzava faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda Daily Mail.
Manbaning xabariga ko‘ra, «Arsenal» ushbu yozda parijliklar bilan shartnomasi nihoyasiga yetadigan 27 yoshli himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Fransiyalik futbolchi ham Tumanli Albionga ko‘chib o‘tishga qarshi emas. London klubi jarohat olib safdan chiqqan Kiran Tirni o‘rniga aynan Kurzavani o‘ynatmoqchi.
Shuningdek, «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta «Barselona» himoyachisi Samuel Yumtitiga ham qiziqish bildirmoqda, ammo klub rahbariyati kataloniyaliklar fransiyalik ushbu himoyachini qo‘yib yuborishiga ishonmayapti.
Ma’lumot uchun, 2015 yildan buyon «PSJ» safida to‘p surib kelayotgan Kurzava joriy mavsumda Fransiya chempionatida 10ta o‘yinda maydonga tushgan.


109   
Добавить комментарий
Ваше имя: *