Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

“Aston Villa”ga hujumchi kerak

Angiliyaning “Aston Villa” jamoasi qishki transfer oynasi chog‘ida o‘zining asosiy nishoni kim bo‘lishini aniqlab oldi. Bu haqida “The Sun”nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotlarga qaraganda, “Aston Villa”ning radariga Belgiyaning “Genk”klubi hujumchisi MbvanaSamatta tushib qolgan.
Tanzaniyalik futbolchi uchun “Aston Villa” 10 million yevrodan voz kechishga tayyor.
Esaltib o‘tamiz, ingilizlar 27 yoshlik futbolchini jarohat olgan Uesli Morayesning o‘rnini to‘ldirishidan umidvor bo‘lishmoqda.
“Barselona”ga yaponiyalik futbolchi kerak

“MundoDeportivo” nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, “Barselona” yaponiyalik yosh iqtidor egasi Dzyuno Nishikava bilan jiddiy qiiziqb qolgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, 17 yoshli futbolchini katoloniyaliklar anchadan beri kuzatib kelishmoqda. Futbolchi ayni damda Yaponiyaning “Sereko Osaka” jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Yosh bo‘lishiga qaramay, jamoaning asosiy tarkibida debyut qilishga muvaffaq bo‘lgan futbolchining hisobida hozircha gol mavjud emas.
“Barselona” yarim himoyachini kelasi yili u 18 yoshga to‘lganda o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
“Yuve” futbolchisi APLga o‘tishi mumkin

Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Federiko Bernardeski o‘z faoliyatini tumanli albionda davom ettirishi mumkin”,-deb xabar bermoqda Italiyaning “Calciomercato” nashri.
Manbaning ma’lum qilishicha, Bernardeskining hizmatlari bilan APLning “Manchester Yunayted” va “Chelsi” jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Aristokratlar” Federikoni jamoani tark etishi kutilayotgan Villianning o‘rnini egallashini tahmin qilishayotgan bo‘lsa, Sulsher qanotlardagi futbolchilarnga ko‘proq dam olish imkoniyatini yaratib bermoqchi.
Eslatib o‘tamiz, italiyalik futbolchi ushbu mavsumda 14 ta o‘yinda ishtirok etdi va birorta gol kiritishga muvaffaq bo‘lmadi.
“Benazir”ga “Siti” futbolchisi kerak

Londonning “Tottenhem” klubi qishki transfer oynasi chog‘ida “Manchester Siti” himoyachisi Joa Konseluni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Ushbu transferni shaxsan Joze Mourinoning o‘zi klub rahbarlaridan talab qilmoqda.
“ElDesmaruquea” nashri bergan xabarlarga ko‘ra, portugaliyalik murabbiy allaqachon Joau bilan telefon orqali suhbatlashishga ulgurgan.
Nashr bergan ma’lumotlarga suyanadigan bo‘lsak, qanot himoyachisning o‘zi ham tezroq jamoasni o‘zgartirishga qarshi emas. Sababi, u ayni damda yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti.
Eslatib o‘tamiz, “shaxarliklar” Konseluni o‘tgan yozda 60 million yevro evaziga sotib olishgan edi.
Bruno Fernandeshning qancha maosh olishi aniq
Portugaliyaning “Sporting” klubi yarim himoyachisi Bruno Fernandesh bir oyog‘i bilan “Manchester Yunayted”ga o‘tib bo‘lganidan xabaringiz bor. Ayni damda tomonlar futbolchining transfer qiymati borasida muzokaralar o‘tkazishmoqda.
Futbolchining o‘zi esa, “qizil iblislar” bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishib bo‘ldi. Bu haqida “Daily Mail” nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, portugaliyalik futbolchining haftalik maoshi 130 ming yevroni tashkil etadi.
Manbaning ma’lum qilishicha, katta ehtimol bilan manchesterliklar futbolchi uchun 60 million yevro to‘lashadi. Bu summaning 10 millioni turli bonuslar tariqasida berilishi tahmin qilinmoqda.
222   
Добавить комментарий
Ваше имя: *