Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Yangdan sardorlik bog‘ichi olinib, «MYU» yangi sardori tayinlandi

Yangdan sardorlik bog‘ichi olinib, «MYU» yangi sardori tayinlandi

Автор: admin

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher bugun, juma kungi matbuot anjumanida Garri Maguayrning jamoa sardori etib tayinlangani haqida e’lon qildi, deya yozadi «Squawka» tvitterdagi sahifasida.
«Bungacha sardorlik bog‘ichi Eshli Yangda edi. Angliyalik himoyachining tez orada Milanning «Inter» klubiga o‘tishi borasidagi xabarlar bois, sardorlik bog‘ichi Garri Maguayrga topshirilgan. Klubni tark etmasidan avval undan sardorlik bog‘ichi olib qo‘yilishini Sulsher istagan. Sababi, 34 yoshli tajribali himoyachi Italiya klubiga o‘tmoqchi bo‘lib, hattoki «MYU» mashg‘ulotlarida ham ishtirok etmagan» - deyiladi manbada.
Ma’lumot uchun, Maguayr avgust oyida 87 million yevro evaziga «Lester»dan «Manchester Yunayted» safiga kelib qo‘shilgandi. 26 yoshli futbolchi joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida 22 uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


165   
Добавить комментарий
Ваше имя: *