Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » Yang: «Bu klub menga afsonalar bilan o‘ynash va tarixdagi eng buyuk murabbiy rahbarligida ishlash imkoniyatini berdi»

Yang: «Bu klub menga afsonalar bilan o‘ynash va tarixdagi eng buyuk murabbiy rahbarligida ishlash imkoniyatini berdi»

Автор: admin

«Manchester Yunayted»dan «Inter»ga o‘tgan Eshli Yang «qizil iblislar» va ularning muxlislari bilan xayrlashdi.
«Bu klub menga afsonalar bilan o‘ynash, kuboklar yutib olish, tarixdagi eng buyuk murabbiyning rahbarligi ostida ishlash va jamoa sardori bo‘lish imkoniyatini berdi. 8,5 yil davomida klub tarixining bir qismiga aylanishimga imkon berganingiz uchun tashakkur.
Muxlislarga: «MYU» libosini kiyib, maydonga tushganimda doim bor kuchim bilan harakat qildim. Ko‘tarilishlar va pasayishlar davrida qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur. Men sizlardan biringiz bo‘lib ketyapman. Tez orada ko‘rishguncha», – deb yozadi Yang o‘zining «tvitter»dagi rasmiy sahifasida.
Eshli «MYU»da 2011 yil yozidan beri o‘ynadi. 34 yoshli himoyachi mankunianliklar tarkibida APL, Angliya Kubogi, Angliya Superkubogi, Liga Kubogi va Yevropa Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi.


103   
Добавить комментарий
Ваше имя: *