Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » A Seriya. «Milan» «Udineze» bilan bahsda 90+3-daqiqada g‘alabani ilib ketdi

A Seriya. «Milan» «Udineze» bilan bahsda 90+3-daqiqada g‘alabani ilib ketdi

Автор: admin

Italiya A Seriyasining 20-turida «Milan» o‘z maydonida «Udineze»ni qabul qilib, hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi. Larsen va Lazanya tomonidan kiritilgan to‘plarga milanliklardan Rebich (2ta) va Teo javob berishdi.
G‘alabadan so‘ng «Milan» ochkolarini 28taga yetkazib, 8-o‘ringa chiqib oldi. «Udineze» esa 24 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi.
A Seriya, 20-tur
Milan – Udineze 3:2
19 yanvar, «San-Siro»
Gollar: Rebich (48), Teo (71), Rebich (90+3) – Larsen (6), Lazanya (85).
Milan: Donnarumma, Ker, Teo, Konti, Romanoli, Kessie, Bennaser, Kastilexo (Krunich, 77), Bonaventura (Rebich, 46), Ibragimovich, Leau. 
Udineze: Musso, Trost-Ekong, Nyuytink (Nesterovski, 78), Rodrigo Bekao, Larsen, de Paul, Fofana, Mandragora, Sema, Okaka Chuka, Lazanya.
Ogohlantirishlar: Sema (27), Bennaser (40), Konti (62), Ibrahimovich (80).


182   
Добавить комментарий
Ваше имя: *