Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » La liga. Setyenning «Barselona»dagi debyuti omadli chiqdi

La liga. Setyenning «Barselona»dagi debyuti omadli chiqdi

Автор: admin

«Barselona» Ispaniya chempionatining 20-turi doirasida o‘z uyida «Granada»ni qabul qildi. "Ko‘k-anorranglilar" yangi bosh murabbiy Kike Setyen uchun debyut o‘yin oson bo‘lmadi. Shunga qaramay, u ilk uchrashuvda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

Kataloniyaliklar o‘yin davomida ustunlikka erishishdi, ko‘p vaziyatlar yaratishdi, ammo hadeganda to‘p raqib darvozasiga kira qolmadi.

Ikkinchi bo‘limda esa o‘yin taqdiri ta’sir ko‘rsatgan ikkita vaziyat yuzaga keldi. Bahsning 66-daqiqasida "Granada" futbolchi Eteki 20 metrlardan zarba yo‘llab, "Barselona" darvozasi ustunini nishonga olgan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tib Xerman Sanches ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi.

Uchrashuvning 76-daqiqasida kataloniyaliklar tomonidan uyushtirilgan chiroyli hujum gol bilan yakunlandi. Messi-Grizmann-Vidal-Messi kombinasiyasi yakunida Arturo tovoni bilan argentinalik futbolchini to‘p bilan ta’minladi. Jamoa sardori esa vaziyatdan foydalanib hisobni ochdi.

"Barselona" bitta to‘p farqdagi ustunlikni saqlab qoldi va o‘z ochkolarini 43taga yetkazdi. Jamoa to‘plar farqiga ko‘ra "Real"ni ortda qoldirmoqda.

Ispaniya La ligasi, 20-tur
Barselona – Granada 1:0 (0:0)
Gol: 1:0 – 76 Messi.
Barselona – ter Stegen, Serji Roberto, Pike, Umtiti, Alba, Buskets, Vidal (Artur, 83), Rakitich (Puch, 71), Fati (Karles Peres, 79), Messi, Grizmann.
Granada – Ruy Silva, FulkYE, Xerman Sanches, Duarte, Dias, Vadilyo (Puertas, 65), Gonalon, Eteki (Martines, 72), Aziz (Errera, 56), Machis, Fernandes.
Ogohlantirishlar: Machis (12), Xerman Sanches (59), Fernandes (72).
Chetlatish: Xerman Sanches (69).

176   
Добавить комментарий
Ваше имя: *